Barcha yangiliklar
YO‘L BELGILARI HOLATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 274119
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:21

YO‘L BELGILARI HOLATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

 Yo‘l harakati xavfsizligi, avvalo, yo‘l belgilarining to‘g‘ri o‘rnatilishi va soz holatda saqlanishiga bog‘liq.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir mahallasidagi yo‘l belgilari holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida yo‘l belgilarining ko‘rinishi, saqlanishi va harakat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan yo‘l belgilarini muntazam nazorat qilish, zarur hollarda ularni ta’mirlash yoki yangilash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas'ullarga tavsiyalar kiritildi