Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 274094
Gallery image 274095
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
12:57

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida isitish tizimining holati, xonalar haroratini me’yorida saqlash hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mavsumga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.