Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Okt 2026
11:42
SESSIYA OLDI MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan Xalq qabulxonasida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muhokamaga kiritiladigan masalalarning mazmun-mohiyati, tegishli hujjatlarning tayyorlanish holati hamda ularning dolzarbligiga e’tibor qaratildi.
Maqsad: sessiya masalalarini puxta tayyorlash, ularning mazmunan asoslanganligini ta’minlash va xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish.