Barcha yangiliklar
📋 XONBANDI MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI.
Gallery image 273858
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
23 Okt 2026
10:08

📋 XONBANDI MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 4-Xonbandi saylov okrugidan saylangan deputat G.Karimova tomonidan Xonbandi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
📌 Bunday o‘rganishlar ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.