Barcha yangiliklar
🏫 69-SONLI MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI.
Gallery image 273856
Gallery image 273857
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
23 Okt 2026
10:07

🏫 69-SONLI MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 11-Qoraobdol saylov okrugidan saylangan deputat A.Qo‘ldoshev tomonidan Qoraobdol ota mahallasida joylashgan 69-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayonining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarga yechim topish va yosh avlod uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.