Barcha yangiliklar
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
Gallery image 273849
Gallery image 273850
Gallery image 273851
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
22 Okt 2026
09:57

BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova S. xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib bordi.

✅O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida tashkilot faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

👥Jumladan, bolalarning mazmunli vaqt o‘tkazishi, ularning intellektual, jismoniy va ma’naviy jihatdan har tomonlama rivojlanishi, sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, tarbiyalanuvchilarda tabiatga mehr-muhabbatni shakllantirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda kamol topishini ta’minlash masalalari ham o‘rganildi.