Barcha yangiliklar
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
Gallery image 273805
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
21 Okt 2026
10:01

Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni ko‘rib chiqish belgilangan.

Mazkur masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida tuman Kengashi deputati O.Abdullayev tomonidan Toqchiliq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida deputatlar mahalla profilaktika inspektorining ish faoliyati bilan tanishib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasida inobatga olinishi nazarda tutilgan.