Barcha yangiliklar
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
Gallery image 273800
Gallery image 273801
Gallery image 273802
Gallery image 273803
Gallery image 273804
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
22 Okt 2026
00:00

🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida

🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov joriy oyda sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib bordi.
🏦O‘rganish davomida tuman Xalq qabulxonasi rahbarining hisobotida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Buxoro suv ta’minoti” AJ Jondor tumani filialida bo‘ldi. Deputat aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatish, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
🏦Asosiy e’tibor aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratildi.
🏦Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt