Barcha yangiliklar

SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
23 Okt 2026
09:57
🏥 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputati A.Qo‘ldashev tomonidan “Qoraobdol ota” MFY hududida joylashgan Bolg‘ali oilaviy shifokorlik punkti faoliyati va bino holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida binoning tom qismi nosozligi, qo‘shimcha konteyner tomini ta’mirlash hamda hududni o‘rash zarurati aniqlangan.
Mazkur muammolarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan Forish tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Jabborovaga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida kiritilib, belgilangan muddatda javob taqdim etilishi so‘raldi.