Barcha yangiliklar
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 273761
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
19 Okt 2026
09:25

IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

Tuman Kengashi deputati M.Omonliqov tomonidan Nurafshon mfyida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar muammolarini manzilli o‘rganish yuzasidan xonadonbay va ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, moddiy va ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud boshqa muammolari atroflicha o‘rganilmoqda.
Bildirilgan murojaat va takliflar deputatning yon daftariga qayd etilib, har bir masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinmoqda.

Ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni doimiy yoki mavsumiy ish bilan taminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.