Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 273746
Gallery image 273747
Gallery image 273748
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
23 Okt 2026
09:05

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati J.Usmonov bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan Yangi hayot mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida avvalgi tahlillarda mahallada Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 67 nafar fuqaro mavjud bo‘lgani, bugungi kunga kelib esa ularning soni 51 nafarga kamaygani aniqlandi. Qolgan 16 nafar fuqaroning daromadlari oshirilishi va mavjud muammolari bartaraf etilishi natijasida ularning ijtimoiy holati yaxshilangan.

O‘rganishlar davomida aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.