Barcha yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Gallery image 273683
Gallery image 273684
Gallery image 273685
Gallery image 273686
Gallery image 273687
Gallery image 273688
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
22 Okt 2026
20:41

Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 17-«Marg‘ilon darvozasi» saylov okrugidan saylangan deputati B.Usmanov tomonidan «Marg‘ilon darvozasi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchisi D.Ahmadjonov tomonidan norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni faoliyatini legallashtirish orqali «soyadan chiqarish» hamda mavjud ish o‘rinlarini qonuniy rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

 Xususan, A.Navoiy ko‘chasi, 152-uy manzilida joylashgan «Wash Up» parfumeriya do‘koni faoliyati xatlovdan o‘tkazildi. Jarayonda tadbirkorlik subyektining faoliyatini qonuniy asosda yuritishi va ish o‘rinlarini rasmiylashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, tadbirkorlar uchun qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritish sharoitlarini yaratish hamda aholi bandligini rasmiy ta’minlashga qaratilgan ishlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi