Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 273623
Gallery image 273624
Gallery image 273625
Gallery image 273626
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
22 Okt 2026
19:11

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🏛 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI


📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berildi. Jumladan, fuqarolar bilan olib borilgan muloqotlar, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

💬 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning yechimini ta’minlashda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🤝 Muloqot davomida saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube