Barcha yangiliklar
Deputat A.Xudoyberdiyev o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.
Gallery image 33613
Gallery image 33614
Gallery image 33615
Gallery image 33616
IMOMOV ELDOR TURSUNMUROTOVICH
03 Apr 2025
11:27

Deputat A.Xudoyberdiyev o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.

 Deputat A.Xudoyberdiyev o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.  

  

2-Katta-arab saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati Xudoyberdiyev Alisher Aktamovich Kumushkent, Qushbegi va Yangiqiyot mahalla fuqarolar yigʻinidagi saylovchilar bilan 39-maktabda navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi. 

Uchrashuvda Kumushkent, Qushbegi va Yangiqiyot mahallalari yettiligi, mahalla oqsoqollari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi. Deputat oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari, saylovoldi dasturida belgilangan masalalar boʻyicha erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida qilingan murojaatlarining aksariyati huquqiy maslahatlar va amaliy ko‘rsatmalar asosida joyida hal etildi. Shu bilan birga, muayyan vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi. 

  

2-Katta-arab saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Xudoyberdiyev