Barcha yangiliklar
⚖️ QONUNIYLIK VA NORMA IJODKORLIGI — USTUVOR VAZIFA
Gallery image 273391
Gallery image 273392
Gallery image 273393
ERNAZAROV JAXONGIR RUSTAMOVICH
22 Okt 2026
17:50

⚖️ QONUNIYLIK VA NORMA IJODKORLIGI — USTUVOR VAZIFA

#Deputat_va_tashkilotlar_hamkorligi
⚖️ QONUNIYLIK VA NORMA IJODKORLIGI — USTUVOR VAZIFA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri B. Muxtorov tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B. Pakirov bilan birgalikda norma ijodkorligi jarayonlarini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniyligi va huquqiy ekspertizasini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qonuniylik, huquqiy aniqlik va tizimlilik tamoyillariga rioya etish, hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash hamda mahalliy Kengash faoliyatida huquqiy talablarni izchil qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
BIZNI KUZATING: 🌍  Web sayt |  ✅ Do'stlik kengashi | 💬 Facebook 🌐Instagram| 📹 Youtube