Barcha yangiliklar
“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 273264
Gallery image 273265
Gallery image 273266
Gallery image 273267
Gallery image 273268
Gallery image 273269
Gallery image 273270
Gallery image 273271
Gallery image 273272
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
22 Okt 2026
15:55

“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov tomonidan “Najot ta’lim” maktabining faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalarining holati hamda ovqatlanish uchun tashkil etilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan “Hosil bayrami” tadbiri va rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishilib, yoshlarning ijodiy ishlari e’tiborga olindi. Tadbir yakunida faol o‘quvchilar hamda namunali sinf rahbarlari taqdirlandi.

Mazkur tashrif deputatlik faoliyatining ta’lim sifati, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning intellektual hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 

23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, xususan, ta’lim oluvchilarning huquqlari va ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid normalar huquqiy asos sifatida e’tiborga olindi.

Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, qobiliyatlarini namoyon etishi va har tomonlama rivojlanishi uchun munosib sharoitlarni yaratish ta’lim muassasalari faoliyatining muhim jihatlaridan biridir.