Barcha yangiliklar
Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 273225
Gallery image 273226
Gallery image 273227
Gallery image 273228
Gallery image 273229
Gallery image 273230
Gallery image 273231
Gallery image 273232
Gallery image 273233
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
22 Okt 2026
15:47

Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI

Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidovlar Namangan shahridagi Z. M. Bobur nomli istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining borishi bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida bog‘ hududidagi sayr yo‘laklari, bezak konstruksiyalari va boshqa obodonlashtirish obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, aholiga qulay dam olish muhitini yaratish hamda bajarilayotgan ishlar sifatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 8-yo‘nalishi — yo‘llar, ko‘cha infratuzilmasi va yoritish tizimlari holatini o‘rganish hamda 24-yo‘nalishi — fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularni mahalliy Kengash sessiyalariga olib chiqish bo‘yicha tavsiyalar bilan uyg‘un holda amalga oshirildi.

Istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarning sifatli bajarilishi, hududning obodligi va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilishi shahar muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.