Barcha yangiliklar
O‘ZBEK TILI — MILLAT KO‘ZGUSI!
Gallery image 273068
Gallery image 273069
Gallery image 273070
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
21 Okt 2026
11:16

O‘ZBEK TILI — MILLAT KO‘ZGUSI!

Yunusobod tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🎤Tadbirni maktab direktori Mahamatova Umida Xoldarovna ochib berib, ona tilimizning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy meros va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Murzametova ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ona tilimizning tarixi, bugungi kundagi nufuzi va uni asrab-avaylash mas’uliyati haqida samimiy muloqot qildi.

⚖️Tadbir, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni asosida bo’lib o’tdi.

🌱 Tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga mehr va hurmatni kuchaytirish, milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.