Barcha yangiliklar
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
Gallery image 273037
Gallery image 273038
Gallery image 273039
Gallery image 273040
Gallery image 273041
Gallery image 273042
Gallery image 273043
Gallery image 273044
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
22 Okt 2026
10:48

OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va okrug deputati S. Yaxyayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova hamda Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini olib bordi.

☘️O‘rganish davomida hududlarning obodonlashtirilganlik holati, ko‘cha va piyodalar yo‘laklarining saqlanishi, yashil maydonlarni parvarishlash hamda sanitariya tozaligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Deputatlik nazorati jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash va ularning ijrosini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlarida mas’uliyatni oshirish, hududlarda tozalik va tartibni muntazam ta’minlash hamda aholi murojaatlariga e’tiborli bo‘lish yuzasidan talablar qo‘yildi.

❗️Deputatlar tomonidan deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mavjud muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, ularning amaliy yechimini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish ekanligi qayd etildi.

✅ Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi. Hududlarda obodonlashtirish ishlari sifati va natijadorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!