Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
Gallery image 272855
Gallery image 272856
Gallery image 272857
Gallery image 272858
Gallery image 272859
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
19 Okt 2026
09:15

Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi



Joriy yilning 17-oktabr kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya  raisi Surayyo Axmedova olib bordi.

Doimiy komisssiya yig'ilishida Kengash raisi Abduvohid Turdiboyev ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman prokuraturasi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining axborot va hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida  doimiy komissiya a'zolari X.Xafizov, M.Mirsodiqovlar so‘zga chiqib,  o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Doimiy komissiya tomonidan tavsiya etilgan qaror loyihasi asosida qaror qabul qilindi.