Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 33554
Gallery image 33555
Gallery image 33556
Gallery image 33557
Gallery image 33558
Gallery image 33559
Gallery image 33560
Gallery image 33561
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
02 Apr 2025
17:46

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 03-Navro‘z saylov okrugi deputati Xasan Kuldashov, mahalla yettiligi va tegishli mas’ullar bilan birgalikda bir qator o‘rganishlar o‘tkazdi. Ushbu o‘rganishlar asosan aholi tomorqalari va ulardan unumli foydalanish masalalariga qaratilgan edi. Deputat, mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanish, ularni yanada rivojlantirish va aholi turmushini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘rganishlar davomida, aholi bilan bevosita muloqot qilgan holda, tomorqalardan foydalanishning dolzarb muammolarini aniqladi. Bu muammolarni hal etish uchun, deputat xonadon egalariga zarur ko‘rsatmalar berib, mahallalarda agrar sohada qo‘llaniladigan samarali usullarni joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Deputat Kuldashovning maqsadi, mahalla va aholi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tomorqalardan unumli foydalanishning samarali mexanizmlarini yaratish va aholining iqtisodiy farovonligini oshirishdan iboratdir.