Barcha yangiliklar
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 272798
Gallery image 272799
Gallery image 272800
Gallery image 272801
Gallery image 272802
Gallery image 272803
Gallery image 272804
Gallery image 272805
Gallery image 272806
Gallery image 272807
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
21 Okt 2026
18:54

24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida va 6-"Olimpiya" saylov okrugi deputati Temur Shomansurov, Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda partiya vakillari ishtirokida hududda joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, maktab sport zalining mavjud holati va futbol maydonchasi hamda ulardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

⚽️ Mazkur o‘rganishdan maqsad — o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etishga yaratilgan shart-sharoitlarni baholash, sport infratuzilmasining holatini o‘rganish hamda mavjud masalalarni aniqlashdan iborat.

📌 O‘quvchi-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!