Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
Gallery image 272746
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
21 Okt 2026
18:12

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
🏛 Yoshlar xavfsizligi va jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan tumandagi 2-sonli Huquq-tartibot maskanida profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida Kengash va huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni turli tazyiq va salbiy ta’sirlardan himoya qilish, ular uchun sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔎 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur hamkorlik yoshlar manfaatlarini himoya qilish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️