Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 33498
Gallery image 33499
Gallery image 33500
Gallery image 33501
Gallery image 33502
Gallery image 33503
Gallery image 33504
Gallery image 33505
Gallery image 33506
Gallery image 33507
NOROV JAMSHID ERKINOVICH
26 Mar 2025
16:57

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya Ishida Jondor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga kiritilayotgan loyihalar, 2024-yil yakuni bo‘yicha mahalliy budjet daromadlarini bajarilishi va soliq tushumlarini ta’minlanishi hamda 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar, Yoshlar ishlari Jondor tumani bo‘limining 2024-yilgi faoliyati va 2025-yildagi rejalari, Jondor tumanida zahira va imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan drayver loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish, Jondor tumani mahalliy budjetning 2025-yil boshida hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzurida Yоshlаr maslahat guruhini tashkil qilish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.