Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 272508
Gallery image 272509
Gallery image 272510
Gallery image 272511
Gallery image 272512
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
21 Okt 2026
17:02

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🏫 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan “Boyovut tajribasi” asosida Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifa ya’ni Oqoltin tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi. 🏃‍♂️🏃‍♀️

🤸‍♂️ 1–2-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tuman bosqichi o‘tkazildi.
⚡️ Musobaqalar davomida o‘quvchilar chaqqonlik, tezkorlik, jamoaviy hamjihatlik va sport mahoratlarini namoyon etdilar.
👏 Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona va sog‘lom raqobat ruhida o‘tkazildi.
🏅 Musobaqa yakunida
I-o‘rin 10-maktab
II-o‘rin 5-maktab
III-o‘rin 11-maktablar egallashdilar.
Musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.