Barcha yangiliklar
Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini.
Gallery image 33494
Gallery image 33495
Gallery image 33496
Gallery image 33497
IMOMOV ELDOR TURSUNMUROTOVICH
26 Mar 2025
16:59

Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini.

Ajrim yoqasida turgan oilalar "Adolat" SDP deputatlari tomonidan yarashtirildi

Jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan oila institutini mustahkamlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 

Shu maqsadda "Adolat" SDP deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani xotin qizlar boʻlimining yarashtirish komissiyasi bilan birgalikda ajrim yoqasida turgan 2  oilani ajrimini koʻrib chiqdilar. 

Suhbat davomida deputatlar oilaviy kelishmovchiliklar sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.

Deputatlar o‘z fikrlarini bildirishdi va har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda yechim topishga harakat qilishdi va oilalar uchun zarur maslahatlar berib, ularning yarashishiga ko‘maklashdilar.

Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini. Ajrim yoqasida turgan oilaning yarashuvi nafaqat ularning shaxsiy hayoti, balki farzandlari va butun jamiyat uchun ham ijobiy natijalar beradi,- deydi "Adolat" SDPdan Kattaqoʻrgʻon tumani kengashi deputati Diloromxon Mirzaxonova