Barcha yangiliklar
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 272352
Gallery image 272353
Gallery image 272354
Gallery image 272355
Gallery image 272356
Gallery image 272357
Gallery image 272358
Gallery image 272359
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
21 Okt 2026
16:22

SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

“SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidov tomonidan “Shodlik” mahallasi hududida “Implant” MChJ tomonidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan tish davolash poliklinikasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasini ishga tushirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ularning sabablari hamda mavjud masalalarni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, poliklinika faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli talablarning bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad — mavjud muammolarni aniqlash, ularni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda qonuniy yechim topishga ko‘maklashish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.