Barcha yangiliklar
🔰Deputat so‘rovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
Gallery image 272253
Gallery image 272254
Gallery image 272255
Gallery image 272256
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
20 Okt 2026
00:00

🔰Deputat so‘rovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida

🔰Deputat so‘rovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov Jondor tumani hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev bilan hamkorlikda deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javob qaytarish, saylovchilar murojaatlarini ijobiy hal etish masalalarini muhokama qildi.
➡️O‘rganish davomida kommunal tashkilotlar rahbarlariga yuborilgan deputat so‘rovlarining ijro holati, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
➡️Deputat I. Xolov murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, har bir so‘rov yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berish hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimiga erishish muhimligini ta’kidladi.
➡️Deputatlik nazorati — murojaatga javob berish bilangina cheklanmay, muammoning amalda hal etilishini ta’minlashni ham talab etadi. Shu bois mas’ul tashkilotlar faoliyatida ijro intizomini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini ustuvor vazifa sifatida belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt