Barcha yangiliklar
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
Gallery image 272190
Gallery image 272191
Gallery image 272192
Gallery image 272193
Gallery image 272194
Gallery image 272195
Gallery image 272196
Gallery image 272197
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
21 Okt 2026
15:42

SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI

SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahridagi “Shodlik” mahallasi hududida “Implant” MChJ tomonidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan tish davolash poliklinikasining mavjud holati va muammolari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida poliklinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni qonunchilik talablari asosida hal etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va poliklinikani ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda qonunchilik doirasida hal etishga ko‘maklashishdan iborat.