Barcha yangiliklar
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 272160
Gallery image 272161
Gallery image 272162
Gallery image 272163
Gallery image 272164
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
21 Okt 2026
15:39

SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Shodlik” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholi muammolarini o‘rganish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganishdan maqsad — hokim yordamchisining faoliyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga ko‘maklashishdan iborat.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦