Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 272106
Gallery image 272107
Gallery image 272108
Gallery image 272109
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
21 Okt 2026
15:25

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI


🛣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan Oyinli mahallasi fuqarolarining murojaati o‘rganildi.

📍 Murojaatda Oyinli mahallasi hududidan o‘tuvchi 75V045 (Sherobod–Tallashqon) avtomobil yo‘lining mahalla qismi ta’mirtalab holatga kelgani hamda bu holat fuqarolar va transport vositalari harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilgan.

📄 Mazkur murojaat asosida Sherobod tuman "Yo‘llardan foydalanish" davlat muassasasiga deputat so‘rovi yuborildi.

✅ Deputat so‘rovida:
• yo‘lning ta’mirtalab qismini ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
• amalga oshirilgan ishlar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube