Barcha yangiliklar
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 271956
Gallery image 271957
Gallery image 271958
Gallery image 271959
Gallery image 271960
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
21 Okt 2026
14:02

OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 6-«Olimpiya» saylov okrugi deputati Temur Shomansurov tomonidan «Olimpiya» mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida kuzatib borilmoqda.

🚧 Ayni paytda mahalla hududida yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar ko‘cha va yo‘llarning holatini yaxshilash, piyodalar hamda transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🔹 Deputatlik nazorati — ishlar sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili. Shu bois, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, belgilangan vazifalarning ijrosi va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar deputatlar e’tiborida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

🤝 Asosiy maqsad — aholi uchun qulay muhit yaratish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!