Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 271889
Gallery image 271890
Gallery image 271891
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
21 Okt 2026
11:03

Kotib

Deputat saylovchilarga axborot berdi

Tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Muzaffar Mamayusupov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yil 3-choragida Kengash faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan muammolarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish va bildirilgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.