Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli
Gallery image 33430
Gallery image 33431
Gallery image 33432
Gallery image 33433
Gallery image 33434
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
02 Apr 2025
07:53

Fuqarolar qabuli

    "Xo'jaqo'rg'on" mahallasida fuqarolar qabuli tashkil qilindi.

     Joriy yilning 2-aprel kuni xalq deputatlari Bo’ka tumani Kengashi raisi B.Begmatov, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, hudud deputati T.Mirzayeva, tumanga biriktirilgan vakil - “Elektron Auksion savdolarini tashkil etish” AJ vakili U.Usarov, Xo'jaqo'rg'on, Ezgulik, Yangiqo'rg'on va Yangiobod mahallalarining “mahalla yettiligi” va fuqarolari, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Xo'jaqo'rg'on" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. 

     Ushbu qabulda 32 nafar fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, kadastr, kommunal sohaga oid masalalar yuzasidan 40 ta murojaatlar kelib tushdi. 

      Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi