Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 271787
Gallery image 271788
Gallery image 271789
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
21 Okt 2026
09:01

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda Xalqobod MFYda yashovchi fuqaroning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan moddiy yordam olish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatchiga moddiy yordam tayinlash tartibi, buning uchun belgilangan talablar hamda murojaatni ko‘rib chiqish jarayonlari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga qonunchilik doirasida yechim topish va aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar berish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!