Barcha yangiliklar
#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati
Gallery image 271765
Gallery image 271766
Gallery image 271767
Gallery image 271768
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
20 Okt 2026
19:52

#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovichning saylov okrugi hududidagi “Yangiqurilish” mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov qatnashdilar.

🛣 O‘rganish davomida: Deputatlar va ekspert guruhi mas’ullari mahallasida qaror doirasida bajarilgan obodonlashtirish ishlari, yangi o‘rnatilgan kirish arkasi, asfalt qilingan ko‘chalar, piyodalar yo‘lakchasi, tungi yoritish chiroqlari hamda hududdagi ma’muriy va ijtimoiy obyektlar holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdilar.

O‘rganish yakunida belgilangan ishlarning sifatli bajarilishi va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz