Barcha yangiliklar
ИНСОН ҚАДРИ
Gallery image 33397
Gallery image 33398
Gallery image 33399
Gallery image 33400
Gallery image 33401
Gallery image 33402
Gallery image 33403
Gallery image 33404
Gallery image 33405
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
01 Apr 2025
16:58

ИНСОН ҚАДРИ

ИНСОН ҚАДРИ

Рамазон – саховат, бирдамлик ва бағрикенглик ойи

Uchquduq tumanida Ramazon hayiti munosabati bilan ezgu tadbirlar davom etmoqda. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Allanova Gulbahor Yeskabulovnaning tashabbusi bilan nogironligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, bir qator xonadonlarga jumladan Do'stlik mahalla fuqarolar yig'inidagi xonadonlarga tashrif buyurdilar. 

Bu xayrli ishlar har bir xonadonga hayit shukuhi, mehr-muruvvat va shodlik ulashishga xizmat qilgan bo‘lsa ajab emas. 

Hayit – bu nafaqat bayram, balki insoniylik, saxovat va birodarlik ayyomi. Bir-birimizga g‘amxo‘r bo‘lib, ehtiyojmandlarga yordam berish bilan biz jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaymiz. Ezgu amallarimiz ko‘paysin, yurtimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!