Barcha yangiliklar
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
Gallery image 271588
Gallery image 271589
Gallery image 271590
Gallery image 271591
Gallery image 271592
Gallery image 271593
Gallery image 271594
Gallery image 271595
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 Okt 2026
18:28

SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI

SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida mas’ul xodimlarga tegishli savollar berilib, batafsil javoblar olindi.

🔹 Savol: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qaysi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi? Bir oyda o‘rtacha nechta chaqiruv kuzatiladi va insonlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq holatlar ham uchraydimi?

🔹 Javob: Boshqarma elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda inspektorlar tomonidan holat o‘rganilib, tegishli ma’lumotlar to‘planadi va rasmiylashtiriladi. Ushbu ma’lumotlar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga taqdim etilib, umumlashtiriladi.

📊 Bir oy davomida 10 tadan ortiq chaqiruv qayd etilishi, shuningdek, ayrim hollarda insonlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq bir yoki ikkita hodisa kuzatilishi ma’lum qilindi. Bunday holatlar orasida yolg‘iz yashovchi fuqarolar bilan bog‘liq vaziyatlar ham uchrashi ta’kidlandi.

✅ Mazkur savol-javob favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik va aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!