Barcha yangiliklar
🌳 Baxmal tumanida kuzgi “Yashil dastur” tasdiqlandi
Gallery image 271275
Gallery image 271276
Gallery image 271277
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
20 Okt 2026
16:20

🌳 Baxmal tumanida kuzgi “Yashil dastur” tasdiqlandi

🌳 Baxmal tumanida kuzgi “Yashil dastur” tasdiqlandi
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Baxmal tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i I.Boymuradovning tuman hududida yashil maydonlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi.
Komissiya yig‘ilishi yakuniga ko‘ra kuzgi mavsumi uchun “Yashil dasturi” tasdiqlandi.
Ushbu dastur doirasida tumandagi barcha mahallalar, korxona ва tashkilotlar hududlarida iqlim sharoitiga mos manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini tizimli ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.