Barcha yangiliklar
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 271220
Gallery image 271221
Gallery image 271222
Gallery image 271223
Gallery image 271224
Gallery image 271225
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
20 Okt 2026
15:55

NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A. Kamalov ham ishtirok etdi.

Tibbiyot markazini zamonaviy qiyofaga keltirish hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan eski binolar buzilib, ularning o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beruvchi 9 qavatli yangi bino barpo etilmoqda.

Yangi binoda 200 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, qabulxona va diagnostika bo‘limlari, shuningdek, jarrohlik, urologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, kardiojarrohlik, gistologiya, patanatomiyа, yiringli jarrohlik va transplantologiya bo‘limlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli bajarish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.