Barcha yangiliklar













RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
20 Okt 2026
15:18
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati K. Babajanov tomonidan 12- va 2-sonli maktablarda yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan maqsad — ta’lim muassasalarida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini ta’minlashga ko‘maklashish.
Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash va mavjud muammolar yechimiga ko‘maklashish vositasi.