Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 271114
Gallery image 271115
Gallery image 271116
Gallery image 271117
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
20 Okt 2026
15:09

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Mahalla aholisi uchun dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov tomonidan “Yuzrabot”, “Traktorsozlar”, “Pastki-yuz” va “Ahillik” mahallalari aholisi uchun tashkil etilgan dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar, hududning obodonlashtirilishi hamda fuqarolar uchun qulayliklar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida dam olish maskanining tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, o‘rindiqlar, sayr yo‘laklari va aholi hordiq chiqarishi uchun yaratilgan boshqa qulayliklarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maskanni yanada obodonlashtirish, mavjud sharoitlarni yaxshilash va aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay muhit yaratish yuzasidan fikr va takliflar ko‘rib chiqildi.

Aholi uchun zamonaviy, shinam va xavfsiz dam olish maskanlarini tashkil etish, hududlarni obod saqlash hamda fuqarolarning turmush sifatini oshirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Obod mahalla — farovon hayot va aholi uchun munosib dam olish sharoitlari garovidir!