Barcha yangiliklar
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
Gallery image 270984
Gallery image 270985
Gallery image 270986
Gallery image 270987
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 Okt 2026
12:36

“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA


“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA

📍 Olmazor tumani “G‘alaba” mahallasida faoliyat olib borayotgan katta profilaktika inspektori, katta leytenant U. Bekyazov tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli saylov okrugi deputatiga hisobot berildi.

📌 Hisobot davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda jinoyatchilikni kamaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹 Xususan, oilaviy nizolar kuzatiladigan 4 ta xonadonga qo‘riqlash pultlari o‘rnatilib, mehmonxonalar va kompyuter xonalari ham mazkur tizimga ulangan.

🔹 Mahalla raisi bilan hamkorlikda yolg‘iz yashovchi keksalarning holidan muntazam xabar olinmoqda.

🔹 Shuningdek, 57- va 58-ko‘p qavatli uylarning kirish qismlariga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Mahalla hududida jami 15 ta kuzatuv kamerasi, jumladan, 3 ta PTZ rusumidagi kamera ishga tushirildi.

📊 Ko‘rilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida mahallada jinoyatchilik holatlari sezilarli darajada kamaygani qayd etildi.

✅ Mazkur hisobot jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.