Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 270948
Gallery image 270949
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
20 Okt 2026
11:07

Kotib

O‘zaro hamkorlik-aniq natija

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Alisher Tillayev “Munavvarqori” mahallasi hokim yordamchisi bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish, fuqarolar muammolariga amaliy yechim topish hamda mahalla aholisining turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.