Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 270796
Gallery image 270797
Gallery image 270798
Gallery image 270799
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Okt 2026
08:35

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan Saxovat mahallasi hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasi hududida qurilayotgan 2-tip poliklinika binosida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida binoning birinchi qavati qurib bitkazilganligi, shu bilan birga, qurilish jarayonida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan, binoning ayrim qismlarida g‘isht terish ishlarida belgilangan talablarga rioya etilmayotganligi kuzatildi.

Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilishi lozimligi qayd etildi.