Barcha yangiliklar
Jalaquduq tumanida ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamini ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi
Gallery image 270757
Gallery image 270758
Gallery image 270759
Gallery image 270760
Gallery image 270761
Gallery image 270762
Gallery image 270763
Gallery image 270764
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
20 Okt 2026
06:29

Jalaquduq tumanida ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamini ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari, shuningdek, Ekspert guruhi va "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok
etdilar. Yig‘ilish kun tartibidan joy olgan asosiy masala — Jalaquduq tumanida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027- yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masala keng muhokama qilindi. Muhokama jarayonida mas’ul bo‘lim rahbarlarining axboroti tinglanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni, jumladan, yoshlar va ayollarni doimiy ish bilan ta’minlash orqali ularning bandligini kafolatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratishda mavjud zaxiralardan samarali foydalanish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, "Yoshlar maslahat guruhi" va ekspertlar o‘z navbatida bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ish o‘rinlarining bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan maqsadli va manzilli taqsimlanishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli doimiy komissiyaning qarori qabul qilindi.