Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
Gallery image 270719
Gallery image 270720
Gallery image 270721
Gallery image 270722
Gallery image 270723
Gallery image 270724
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
19 Okt 2026
19:45

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Xo‘jand ko‘chasidagi 78-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro E.Muydinova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro yashab kelayotgan xonadon homiylik asosida ta’mirlab berilgan. Bu orqali oilaning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida oilaga ko‘rsatilgan ko‘mak turlari bilan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarning ahamiyati qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi