Barcha yangiliklar
🌱 Dehqonchilik orqali daromad topishga ko‘mak
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
19 Okt 2026
18:46

🌱 Dehqonchilik orqali daromad topishga ko‘mak

Dehqonchilik orqali daromad topishga ko‘mak

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🚜 O‘rganish davomida ijtimoiy reestrda turgan fuqaro R.O.ning dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun motokultivator olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

Motokultivator dehqonchilik ishlarini yengillashtirish, yerga ishlov berish va tomorqadan samarali foydalanishda muhim yordamchi vosita hisoblanadi. Bu esa fuqaroga mehnat orqali daromad topish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.

📌 Aholining bandligini ta’minlash va daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan bunday ko‘maklar o‘rganishlar davomida alohida e’tiborga olinmoqda.