Barcha yangiliklar
#sport #nazorat
Gallery image 270489
Gallery image 270490
Gallery image 270491
Gallery image 270492
Gallery image 270493
Gallery image 270494
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
30 Sen 2026
18:25

#sport #nazorat

🔹 Xalq roziligi va farovonligi – harakatimiz mezoni!
Bugun rejaga asosan Olmaliq shahar sport maktabida yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va isitish tizimining holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etib, sportchilarning shug‘ullanishi uchun qulay muhit mavjudligini, xususan, qishki mavsum oldidan issiqlik tizimining ishlash holatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘zdan kechirdilar.

🛠 Aniqlangan masalalar va ularning yechimi: O‘rganish davomida mavjud ijobiy holatlar bilan bir qatorda, qator kamchiliklar ham aniqlandi. Barcha kamchiliklar deputatning ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnaliga qayd etilib, qat’iy ijro nazoratiga olindi.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan barcha ma’lumotlar tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun ijtimoiy komissiya muhokamasiga kiritildi.
🎯 Maqsad bitta: Sportsevar yoshlarimizga munosib sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat!

Sizningcha, shahar yoshlari uchun yana qanday sport turlarini rivojlantirish muhim deb o‘ylaysiz? Fikr va takliflaringizni izohlarda yozib qoldiring!