Barcha yangiliklar
#muhokama #YarashtiruvKomissiyasi #XotinQizlar
Gallery image 270422
Gallery image 270423
Gallery image 270424
Gallery image 270425
Gallery image 270426
Gallery image 270420
Gallery image 270421
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
24 Sen 2026
18:13

#muhokama #YarashtiruvKomissiyasi #XotinQizlar

Tadbirda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, Nuroniylar va xotin-qizlar boʻlimi masʼullari, tajribali mahalla faollari va psixologlar ishtirok etishdi. Muhokamalar davomida oilaviy kelishmovchiliklar, nizoli holatlarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllari atroflicha koʻrib chiqildi.

Komissiya aʼzolari va nuroniylar har bir oilaga alohida yondashgan holda samimiy suhbatlar oʻtkazishdi. Oila — jamiyatning asosiy boʻgʻini, sharqona qadriyatlarimiz va kelajak avlod tarbiyasining beshigi ekanligi taʼkidlanib, tomonlarga bir-birini tushunish, sabr-toqat va oʻzaro hurmatni tiklash boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Xayrli saʼy-harakatlar va hayotiy maslahatlar natijasida bir nechta oilalardagi tushunmovchiliklarga barham berilib, ajrimlarning oldi olindi va bu oilalar saqlab qolindi.
"Oila sofligi va jipsligini asrash — faqatgina muayyan tashkilotlarning emas, har birimizning burchimizdir."
Oilalarga barqarorlik, xonadonlariga tinchlik-totuvlik va fayz-u baraka tilaymiz!